Tarixda bugun 22.11.2019

Turkiya va dunyo tarixida 20-noyabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1310742
Tarixda bugun 22.11.2019

1906-yilning 22-noyabri kuni Berlinda uyushtirilgan xalqaro radio-telegraf konventsiyasida “S.O.S” rasmiy ravishda halokat signali deb tasdiqlandi.  

***

1940-yilning 22-noyabri kuni Turk hukumati Ikkinchi Jahon urushining Bolqonlarga ham salbiy ta’sir ko’rsatishi ortidan Istanbul, Ko’jaeli va Trakiya viloyatlarida qat’iy tartib-intizomlarni yo’lga qo’ydi.  

***

1963-yilning 22-noyabri kuni AQShning 35-Davlat rahbari John F. Kennedy Dallas shahrida qurolli hujum orqali o’ldirildi. Huddi ana shu kuniyoq Lyndon Johnson AQShning 36-Davlat rahbari sifatida o’z vazifasini boshladi. Kennedy hujumiga qo’l urganligi iddiosi bilan qo’lga tushgan Lee Harvey Oswald ham qo’lga tushganidan 1 kun o’tib Jack Ruby degan hujumchi tomonidan o’ldirildi.

***

1968-yilning 22-noyabri kuni Turkiyada birinchi marotaba yurak transplantatsiya amaliyoti Anqarada, doktor Kemal Beyazit tomonidan amalga oshirildi lekin bemor Mavish Karakurt atigi 18 soat yashay oldi.

***

1975-yilning 22-noyabri kuni monarxiya Ispaniyaga qaytdi. Don Juan Karlos Ispaniya qiroli bo’ldi.

***

2005-yilning 22-noyabri kuni Angela Merkel Germaniya parlamentida o’tkazilgan ishonch ovozi orqali Germaniyaning eng yosh, sharqiy germaniyalik birinchi ayol Bosh vaziri bo’ldi.

***

2017-yilning 22-noyabri kuni Xalqaro jinoiy sud “Bosniya qassobi” degan loqabi bilan tanilgan bosniyalik serblar qo’mondoni Ratko Mladichni, Srebrenitsa qatliomidan aybdor deb topib, umrbot qamoq jazosiga mahkum qildi.

 



Aloqador xabarlar