Tarixda bugun 30.10.2019

Turkiya va dunyo tarixida 30-oktabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1297264
Tarixda bugun 30.10.2019

1918-yilning 30-oktabri kuni Birinchi Jahon urushida Britaniya, Fransiya, Rossiya va Italiyaga qarshi kurashib unda mag’lubiyatga uchragan Usmoniy davlati bilan g’olib davlatlar o’rtasida Mudross tinchlik sulhi tuzildi. Natijada Usmoniy armiyasi qurol tashladi. Istanbul bosh bo’lish bilan birga Usmoniy tuproqlari va Anado’luni bosib olish davri boshladi.

***

1923-yilning 30-oktabri kuni Turkiya Respublikasining birinchi hukumati, Prezident Mustafa Kemal Ataturk tomonidan Bosh vazir deb tayin qilingan Ismet Ino’nu tomonidan tashkil topdi. Hukumat TBMMdan ishonch ovozi oldi.  

***

1938-yilning 30-oktabri kuni Orson Wellesning marsliklarning dunyoni bosib olishi haqidagi “Dunyolar urushi” deb nomlangan radiospektakli, birinchi berilishida AQShda katta vahimaga yo’l ochdi.  

***

1961-yilning 30-oktabri kuni Sovey ittifoqi Shimoliy Muz okeanidagi Novaya Zemlya arxipelagida 58 megatonna vodorod bombasini sinab ko’rdi. Mazkur sinov bu dunyoda yuz bergan va odam bo’lasi qo’lidan chiqqan eng kuchli portlash sifatida tarix sahifalaridan o’rin oldi. SSSR rahbari Nikita Xrushchev sinovning 100 megaton ustidan rejalashtirilganligini lekin radioaktiv ta’siridan qorqqanliklari uchun uning cheklanganligini ma’lum qildi.

***

1961-yilning 30-oktabri kuni Turklarning Germaniyaga ko’chishini boshlatgan mehnat shartnomasiga turk va nemis rasmiylar tomonidan qo’l qo’yildi.

***

1970-yilning 30-oktabri kuni Vetnamda musson yomg'irlari natijasida 293 kishi jon berdi.

***

1973-yilning 30-oktabri kuni bugungi kundagi "15-iyul Shahidlar ko’prigi" sobiq "Bo'g’ozichi ko’prigi" Prezident Fahri Koruturk tomonidan xalq xizmatiga ochildi.

***

1983-yilning 30-oktabri kuni Turkiyaning Erzurum va Kars viloyatida yuz bergan yer silkinishida 1330 kishi jon berdi

***

2015-yilning 30-oktabri kuni og’ir vaznli boks bo’yicha qit’alararo jahon chempioni Sinan Shamil Sam, jigar yetishmovchiligi tufayli kasalxonada olamdan ko’z yumdi.

***

2017-yilning 30-oktabri kuni “Temir Ipak yo’li” Boku-Tbilisi-Kars temir yo’li marosim bilan xalq xizmatiga ochildi.

 



Aloqador xabarlar