Tarixda bugun 08.10.2019

Turkiya va dunyo tarixida 08-oktabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1284052
Tarixda bugun 08.10.2019

415-yilning 8-oktabri kuni miloddan keyingi 404-yilning 20-iyuli kuni yongan Ayasofiya binosi takror insho etilib, xizmatga ochildi.

***

1871-yilning 8-oktabri kuni tarix sahifalarida Chikago yong’ini degan nom bilan qayd etilgan falokatda, deyarli butun shahar 2 kungacha yonishni davom etdi.

***

1925-yilning 8-oktabri kuni yahudiy va arman jamoatlarining ruhoniy yetakchilari, Lozanna shartnomasining “Ozchiliklarning himoya qilinishi” haqidagi hukumlari bergan haq va huquqlardan voz kechgan holda, Turk qonunlariga bo’ysunishlarini ma’lum qildi.

***

1934-yilning 8-oktabri kuni TBMMda qabul qilingan qonun orqali ayollarga deputat deb saylanish va saylash huquqi berildi.

***

1952-yilning 8-oktabri kuni Londonda uchta poyezd aralashgan halokat oqibatida 112 kishi jon berdi.

***

1967-yilning 8-oktabri kuni Che Guevara va uning odamlari Boliviyadagi La Higuera to’qnashuvi paytida yaralandi va oqibatida qo’lga tushdi. Guevara bir kundan keyin otib o’ldirildi.

***

1970-yilning 8-oktabri kuni rus yozuvchi Aleksander Soljenitsin adabiyot sohasida Nobel mukofati sohibi bo’ldi.

***

2001-yilning 8-oktabri kuni ikki dvigatelli Cessna bilan yo’lovchi uchog’i, Milanda ko’tarilish chog’ida kuchli tuman yuzasidan to’qnashdi. Oqibatida 118 kishi jon berdi.

***

2005-yilning 8-oktabri kuni Pokistonning Kashmir mintaqasida 7.6 magnitudali yer silkinishi kuzatildi. Voqea qariyb 75 ming kishining umriga, qariyb 106 ming kishining sog’ligiga zomin bo’ldi.

***

2008-yilning 8-oktabri kuni Turkiyaning Diyarbakir viloyatida politsiya ta’lim markazining xizmat avtobusi PKK terror tashkilotiga a’zo terroristlar tomonidan hujumga uchradi. Oqibatida 5 kishi shahid bo’lar ekan 21 kishi tan jarohati oldi. Tan jarohati olganlardan 16 nafarining politsiya xodimi ekanligi aniqlandi.

 



Aloqador xabarlar