Tarixda bugun 03.09.2019

Turkiya va dunyo tarixida 3-sentabri kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1263091
Tarixda bugun 03.09.2019

1260-yilning 3-sentabri kuni mamluklar Ayn-Jalutdagi jangda mo’g’ullarni mag’lubiyatga uchratdi. Bu esa ularning janubga yoyilishiga monelik qildi.

***

1683-yilning 3-sentabri kuni Usmoniy armiyasining II Vena qurshovi muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topdi. Bu orqali Usmoniy davlatining G’arb tomon yo’l olish harakati to’xtadi.

***

1783-yilning 3-sentabri kuni Britaniya Parijda qo’l qo’yilgan shartnoma orqali AQShning mustaqilligini tan oldi.

***

1878-yilning 3-sentabri kuni Britaniyadagi Thames daryosida boshqa kema bilan to’qnashgan yo’lovchi kemalaridan biri suvga cho’kib ketar ekan, oqibatida 640 kishi jon berdi.

***

1939-yilning 3-sentabri kuni Germaniya tomonidan Polshaga hujum uyushtirilishi natijasida Fransiya bilan Britaniya Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi.

***

1962-yilning 3-sentabri kuni Eronning Kazvin viloyatida yuz bergan yer silkinishi oqibatida 12 ming 225 kishi jon berdi. Qariyb 21 ming uy ziyon ko’rdi.  

***

1997-yilning 3-sentabri kuni Vetnam havo yo’llariga oid yo’lovchi uchog’i Phnom Peng aeroportiga yaqinlashar chog’ida yerga quladi. Oqibatida 64 kishi jon berdi.

***

2004-yilning 3-sentabri kuni Shimoliy Osetiyaning Beslan shahridagi maktablardan birida 3 kun davom etgan, ota-ona va o’qituvchilarning qurolli guruh tomonidan garovga olinishiga yo’l ochgan voqeaga Rossiyaning maxsus kuchlari qurol orqali qarshilik ko’rsatdi. Kelib chiqqan to’qnashuvda 376 kishi jon berar ekan 800 kishi tan jarohati oldi. Jon berganlarning ko’pchiligi bolalardan va ayollardan iborat edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar