Tarixda bugun 21.08.2019

Turkiya va dunyo tarixida 21-avgust kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1255979
Tarixda bugun 21.08.2019

1911-yilning 21-avgusti kuni “Mona Lisa” Louvre muzeyidan og’irlandi. Surat ikki yil ortidan Fransiyadan topildi.

1915-yilning 21-avgusti kuni Mustafa Kemal qo’mondonligidagi Usmoniy qo’shinlari Chanoqqal’ada 2-Anafartalar g’alabasini qo’lga kiritdi.

1922-yilning 21-avgusti kuni Mustafa Kemal qo’shin qo'mondonlari bilan Akshehirda o’tkazgan oxirgi yig’ilishida, buyuk taaruz uchun buyruq berdi.

1982-yilning 21-avgusti kuni Falastin ozodlik tashkiloti Bayrutni boshata boshladi. Tashkilot, o’z markazini Livandan Tunisga tashidi.

1983-yilning 21-avgusti kuni badarg’adan qaytgan filippinlarning muxolafat lideri Benigno Aquino aeroportda uchoqdan tushar chog’ida o’ldirildi.

1986-yilning 21-avgusti kuni 100 metrga yugirish bahslarida jahon rekordini o’rnatgan Usain Bolt, Yamaykada dunyoga keldi.

1986-yilning 21-avgusti kuni Kamerunda Nyos vulkanik ko'lidan chiqqan zaxarli gazlar 1746 kishining umriga zomin bo’ldi.

2017-yilning 21-avgusti kuni tarixning eng yirik quyosh tutilishi kuzatildi. Mazkur voqeada oy quyoshni 2 daqiqa 40 soniyagacha butunlay yopib qo’ydi. Shuningdek quyoshning umumiy maydoni birinchi marotaba haqiqatga yaqin hisoblandi.

 



Aloqador xabarlar