Tarixda bugun 19.08.2019

1915- yil 19- avgustda  Tevfik Fikret Rumelihisaridagi uyi "Ashiyan"da 48 yoshida  vafot etdi. 30 yildan keyin  ayni kun “Ashyan”, muzey sifatida xalqning  xizmatiga  ochildi.

1254611
Tarixda bugun  19.08.2019

 

           

1915- yil 19- avgustda  Tevfik Fikret Rumelihisaridagi uyi "Ashiyan"da 48 yoshida  vafot etdi. 30 yildan keyin  ayni kun “Ashyan”, muzey sifatida xalqning  xizmatiga  ochildi.

1934- yil 19- avgustda  Germaniyada prezidentlik saylovi  bo'lib o'tdi. Referendumda Adolf Xitler 89,9% " qabul" ovozi oldi. Gitler parlament qarori bilan "Fuhrer" deb e'lon qilindi.

1946- yil  19- avgust kuni  Xitoyda millatchilar bilan  kommunistlar o'rtasida  ichki  urush boshladi. 1949 yilgacha davom etdi. Pekinni qo’lga kiritgan  Mao boshchiligidagi kommunistlar g’alaba qozondi.

1953 yil 19- avgustda  Eronda xalq ovozi bilan hokimiyatga kelgan Muhammad Mossadeg AQSh va Buyuk Britaniya tomonidan tashkillashtirilgan Shoh tarafdori ofitserlar  tomonidan uyushtirilgan to'ntarish urinishi  bilan hokimiyatdan chetlatilgan.

1960- yil 19- avgustda  Sovet Ittifoqida   kashf maqsadi bilan parvoz qilayotgan U-2 rusumidagi  josus samolyoti urib tushirilgan. Uchuvchi Gari Pauers, 10 yil qamoq jazosiga hukm qilindi.

1966- yili 19- avgustda Erzurum, Mush va Bingo'lda 6,9  bal darajadagi  zilzila oqibatida  2 ming 394 kishi hayotdan ko'z yumdi.

1974- yili 19- avgustda AQShning Lefko'shadagi elchixonasi oldida namoyish paytida elchi Rojger Devis ochilgan o'q natijasida halok bo'ldi.

1980- yil 19- avgustda Saudiya Arabiston havo yo’llariga oid samolyot  Al-Riyod  aeroportga qo'ngandan keyin yondi; 301 kishi halok  bo’ldi.

1991 yil 19- avgustda  Kommunizm  tarafdori generallar Sovet Ittifoqida  to’ntarishga urindi. Prezident Mixail  Gorbachov lavozimdan chetlashtirilganini  e'lon qildi, ammo ikki kun  keyin Gorbachov  o'z vazifasiga qaytganini  e'lon qildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Voqealar , #Tarixda Bugun

Aloqador xabarlar