Tarixda bugun 04.08.2019

Turkiya va dunyo tarixida 4-avgust kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1246832
Tarixda bugun 04.08.2019

1791-yilning 4-avgusti kuni Usmoniy va Avstriya-Vengriya imperatorliklari o’rtasida tinchlik shartnomasiga qo’l qo’yildi.

1859-yilning 4-avgusti kuni “Ochlik” deb nomlangan asari orqali butun dunyoga tanilgan va 1920-yili Nobel mukofatini qo’lga kiritgan norvegiyalik yozuvchi Knut Hamsun tavallud topdi.

1914-yilning 4-avgusti kuni Britaniya Germaniyaga urush e’lon qildi.

1961-yilning 4-avgusti kuni Amerika Qo’shma Shtatlarining birinchi qora tanli Prezidenti Barack Obama Hawaii orollarining Honolulu shahrida tavallud topdi.

1971-yilning 4-avgusti kuni Yevropa iqtisodiy hamjamiyatining "Umumiy bozorga o'tish" protokoli kuchga kirdi.

1976-yilning 4-avgusti kuni Ispaniya Qiroli Juan Carlos siyosiy mahbuslarni kechirib, Franco rejimidan keyin yangi konstitutsiya jarayoninin boshlatdi.

2005-yilning 4-avgusti kuni rejissyor tsenarist va yozuvchi Safa O’nal, filmlari suratga olingan 395 ta senariyi bilan Guinnes rekordlar kitobiga kirdi.

2008-yilning 4-avgusti kuni Hindistonning Himachal shtatida Naina Devi ibodatxonasida chiqqan tiqilinch yuzasidan 145 kishi jon berdi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar