Tarixda bugun 01.08.2019

Turkiya va dunyo tarixida 1-avgust kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1246324
Tarixda bugun 01.08.2019

1521-yilning 1-avgusti kuni Usmoniy armiyasi Belgradni qurshab oldi.

1571-yilning 1-avgusti kuni Lala Mustafo poshsho yetakchiligidagi Usmoniy armiyasi Venetsiya Respublikasiga oid Kiprni fath etdi.

1840-yilning 1-avgusti kuni “Ceride-i Havadis” deb nomlangan birinchi turk tilidagi gazeta o’z ishini boshladi.

1894-yilning 1-avgusti kuni Yapon imperiyasi Koreya yarim orolini ishg’ol etish uchun Xitoyga urush e’lon qildi.

1902-yilning 1-avgusti kuni Amerika Qo’shma Shtatlari, Panama kanalining haq-huquqini Fransiyadan sotib olish orqali kanalning qurilish ishlarini boshlatdi.

1914-yilning 1-avgusti kuni Germaniya Rus imperiyasiga urush e’lon qildi.        

1936-yilning 1-avgusti kuni Berlin olimpiadalari Adolf Hitler ham ishtirok etgan marosim bilan ochildi. Unda amerikalik qora tanli sportchi Jesse Owens, to’rtta oltin medalni qo’lga kiritib, bu borada rekord o’rnatdi.

1950-yilning 1-avgusti kuni Turkiya NATO tarkibida bo’lish uchun murojaat qildi.

1975-yilning 1-avgusti kuni Helsinki Inson huquqlari shartnomasiga dunyoning 35 ta davlatining ishtiroki bilan qo’l qo’yildi. Amerika Qo’shma Shtatlari bilan Kanada shartnomaga qo’l qo’ymadi.

                                                                                        

 



Aloqador xabarlar