Tarixda bugun 03.07.2019

Dunyo tarixida 3-iyul kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1229430
Tarixda bugun 03.07.2019

1860-yilning 3-iyuli kuni Amerika Qo'shma Shtatlarida ayollar huquqini himoya qilishning eng muhim asoschilaridan biri hisoblangan amerikalik feministik yozuvchi Charlotte Anna Perkins Gilman dunyoga keldi.

1905-yilning 3-iyuli kuni Rossiyada askarlar umumiy zabastovkani e’lon qilganligi uchun 6 mingdan ortiq ishchini o’ldirdi.

1938-yilning 3-iyuli kuni turk-fransuz harbiy shartnomasiga qo’l qo’yildi. Hatayning hududiy yahlitligini himoya qilish uchun 2500 nafar turk va 2500 nafar fransuz askariga javobgarchilik berildi.

1962-yilning 3-iyuli kuni Fransiya Prezidenti Charles de Gaulle Jazoirning mustaqilligini e’lon qilgan deklaratsiyaga qo’l qo’ydi. Bu orqali Jazoirda 132 yillik fransuz hukmronligi o’z nihoyasiga yetdi.

1988-yilning 3-iyuli kuni Istanbulda Fatih Sultan Mehmet ko’prigi xizmatga tushdi.

1988-yilning 3-iyuli kuni Amerika Qo’shma Shtatlarining urush kemalari Ko’rfaz ustida Eron yo’lovchi uchog’ini qulatdi. Oqibati 286 yo’lovchining umriga zomin bo’ldi.



Aloqador xabarlar