Tarixda bugun 12.06.2019

Dunyo tarixida 12-iyun kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1216972
Tarixda bugun 12.06.2019

1898-yilning 12-iyuni kuni Filippin Respublikasi Ispaniyadan ajralib, mustaqil davlat deb e’lon qilindi.  

1919-yilning 12-iyuni kuni Milliy ozodlik kurashini boshlatish maqsadida mamlakatning Samsun shahriga kelgan Mustafa Kemal Ataturk, Samsun viloyatining Havza tumani orqali Amasya viloyatiga o’tdi.

1924-yilning 12-iyuni kuni Ataturkning buyrug’i bilan Turkiyaning birinchi ta'lim olish va tadqiqot ishlari yuritish kasalxonasi, Heybeliada sanatoriysi ochildi.

1940-yilning 12-iyuni kuni Prezident Ismet Ino’nu yetakchiligida yig’ilgan hukumat, Turkiyaning Ikkinchi Jahon urushida ishtirok etmasligi haqida qaror qabul qildi.

1967-yilning 12-iyuni kuni Sovet ittifoqi “Venera-4” raketasidan Venera planetasiga raketa uchirdi.

1990-yilning 12-iyuni kuni Rossiya Sovet ittifoqi tarkibidan chiqib, rasmiy ravishda o’z mustaqilligini e’lon qildi.

2000-yilning 12-iyuni kuni Turkiyaning birinchi kosmik lageri ochildi.

 



Aloqador xabarlar