Tarixda bugun 25.05.2019
Dunyo tarixida 25-may kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.
1807-yilning 25-mayi kuni Usmoniy armiyasidagi yanicharilar, Usmonli turk sultoni Salim III tomonidan tashkil topgan va “Nizomi jadid” deb nomlangan armiyaga qarshi, Kabakchi Mustafa liderligida isyon boshlatdi.
***
1895-yilning 25-mayi kuni “Majalla”ni qalamga olish orqali Islom huquqini kitobga aylantirgan buyuk turk siyosat arbobi va olim, tarixchi, huquqchi, shoir Ahmet Jevdet Pasha o’lamdan o’tdi.
***
1963-yilning 25-mayi kuni 32 ta Afrika davlati birgalashib Afrika davlatlari o’rtasida birlik va hamkorlikni orttirish maqsadida “Afrika ittifoqi tashkiloti”ga asos solishgan.
***
1983-yilning 25-mayi kuni Turk shoir, yozuvchi va mutafakkir Nejip Fazıl Kisakurek Istanbulda vafot etdi.
***
2003-yilning 25-mayi kuni Cannes Film festivalida “Uzak” (Uzoq) deb nomlangan filmi orqali yirik mukofatni qo’lga kiritgan Nuriy Bilge Jeylan 2008-yilning 25-mayi kuni “Üç Maymun” (Uchta maymun) deb nomlangan filmi orqali eng yaxshi rejissyor mukofatini qozondi. Jeylan, Cannesda uch marotaba mukofatni qo’lga kiritish orqali rekord ham o’rnatdi.
Aloqador xabarlar
Tarixda bugun 31.12.2020
Turkiya va dunyo tarixida 31 - dekabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to‘plami.
Tarixda bugun 30.12.2020
Turkiya va dunyo tarixida 30 - dekabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to‘plami.