Tarixda bugun 24. 05. 2019

Dunyo tarixida 24-may kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1207482
Tarixda bugun 24. 05. 2019

1844-yilning 24-mayi kuni amerikalik kashfiyotchi Samuel Morse, AQSh Kongress binosidan Baltimoredagi poezd stantsiyasidan biriga, o’zi ixtiro qilgan Mors alifbosi orqali birinchi marotaba telegramma yubordi.

***

1924-yilning 24-mayi kuni chet el firmalari tomonidan yuritilgan Anado’lu temiryo’llari shirkatining milliylashtirilishi uchun chiqarilgan bir qonun orqali, “Anadolu-Bog’dod temir yo’llari” tashkil topdi.

***

1956-yilning 24-mayi kuni birinchi Yevrovideniya qo'shiq tanlovi Shveytsariyaning Lugano shahrida uyushtirildi. Tanlovda Shveytsariya nomidan ishtirok etgan Lys Assia g’olib bo’ldi.

***

1964-yilning 24-mayi kuni Peru va Argentina o’rtasida o’ynalgan futbol musobaqasida kelib chiqqan voqealar natijasida yuz bergan topalonda 318 kishi jon berdi. Jon berganlardan tashqari qariyb 500 kishi tan jarohati oldi.

***

2003-yilning 24-mayi kuni Latviyada uyushtirilgan qirq sakkizinchi Yevrovideniya qo'shiq tanlovida Turkiya nomidan ishtirok etgan Sertab Erener, “Everyway That I Can” deb nomlangan qo’shig’i orqali birinchi marotaba g’alabaga erishdi.

 



Aloqador xabarlar