Tarixda bugun 17.04.2019

Dunyo tarixida 17-aprel kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1185036
Tarixda bugun 17.04.2019

1453-yilning 17-apreli kuni Fatih Sultan Mehmet Istanbul orollarini fath etdi.

1790-yilning 17-apreli kuni amerikalik olim, siyosatchi va yozuvchi Benjamin Franklin vafot etdi.

1897-yilning 17-apreli kuni Usmonli turk imperiyasi bilan Gretsiya Qirolligi o'rtasida, “O’ttiz kun urushi” degan nom bilan ham mashhur bo’lgan urush boshladi.

1940-yilning 17-apreli kuni boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi kadri tayyorlash maqsadida Turkiyaga xos ta’lim loyihasi yo’lga qo’yilib, ana shu doirada, “Qishloq institutlari qonuni” qabul qilindi. 

1946-yilning 17-apreli kuni Suriya Fransiyadan ajralib, to’la mustaqillikka erishdi. 

1954-yilning 17-apreli kuni Birinchi Jahon urushi chog’ida Chanoqqal’a urushida shahid bo’lgan turk askarlarining hurmatiga bag’ishlangan Chanoqqal’a haykalining ta’mal toshi qo’yildi.

1961-yilning 17-apreli kuni AQSh tomonidan qo’llab-quvvatlangan badarg’adagi kubaliklar, Fidel Castroni to’ntarish uchun Kubaga bostirib kirdi. Cho’chqalar ko’rfazi harakati degan nom bilan ham mashhur bo’lgan aralashuv, Fidel Castroning g’alabasi bilan yakun topdi.  

1972-yilning 17-apreli kuni AQShda Nixon boshqaruvining 1972-yilgi saylovlarda, siyosiy raqiblarini, noqonuniy yo’llar orqali tinglash faoliyati aniqlandi. Watergate degan nom bilan yodga olingan voqeaga aralashgan uchta maslahatchi bilan bir nafar prokuror iste’foga chiqdi.

1993-yilning 17-apreli kuni Turkiya Respublikasining sakkizinchi Prezidenti, turk byurokrat va siyosatchi Turgut O’zal vafot etdi.



Aloqador xabarlar