Tarixda bugun 30-mart
Tarixda, 30-mart kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1842-yilning 30-martida amerikalik shifokor Crwford Long bir talabasining bo’ynidagi kistani olish maqsadida o’tkazgan amaliyotda, bemorini efir yordamida uhlatish orqali tibbiyot tarixida birinchi marotaba narkozdan foydalandi.
1856-yilning 30-marti kuni Rossiya imperiyasi, Usmonli imperiyasi, Buyuk Britaniya va Fransiya o’rtasida Parij shartnomasiga qo’l qo’yildi. Bu orqali Qrim urushi o’z nihoyasiga yetdi.
1863-yilning 30-marti kuni ota-onasiz bolalarga bepul ta’lim berishni ko’zda tutgan “Darüşşafaka” jamiyati tashkil topdi. Mazkur jamiyat Turkiyada, ta’lim sohasida tashkil topgan birinchi nodavlat tashkilotdir.
1867-yilning 30-marti kuni AQSh Tashqi ishlar vaziri William H. Seward tomonidan Rus imperiyasidan 7.2 million AQSh dollariga Alyaska sotib olindi. Alyaska bugungi kunda AQShning maydon jihatidan eng katta, aholisi jihatidan eng kam aholi joylashgan shtati hisoblanadi.
1918-yilning 30-marti kuni Boku va atrofida Boku Soveti va Arman Inqilobiy Federatsiyasi kuchlari o’rtasidagi to’qnashuvlar boshladi. Mart voqealari degan nom bilan tanilgan mazkur to’qnashuv ko’plab tinch aholining umriga zomin bo’ldi.
1956-yilning 30-marti kuni turk shoir, yozuvchi va huquqchi Mithat Jemal Kuntay vafot etdi.
Aloqador xabarlar

Tarixda bugun 31.12.2020
Turkiya va dunyo tarixida 31 - dekabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to‘plami.

Tarixda bugun 30.12.2020
Turkiya va dunyo tarixida 30 - dekabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to‘plami.