Tatixda bugun 18.03.2019

Tarixda, 18-mart kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1165565
Tatixda bugun 18.03.2019

1584-yilning 18-marti kuni Rus podshosi Dahshatli Ivan (Ivan IV Grozniy) vafot etdi. Tadqiqotchilar zaharlangan bo’lishi mumkin degan fikrda.

1915-yilning 18-marti kuni Chanoqqal’a bo’g’oziga ko’z tikkan G’arb imperiyalariga qarshi Mustafa Kemal Ataturk buyrug’idagi Usmoniy armiyasining kurashi g’alaba bilan natijalandi. Chanoqqal’a g’alabasi Usmoniy davlati bilan G’arb imperiyalari o’rtasida 1915-yili Anado’luning Gelibolu yarim orolida dengizda, quriqlikda va havoda bo’lib o’tgan urushdir.  

1940-yilning 18-marti kuni Gitler bilan Mussolini Italiyada uchrashdi. Italiya Germaniya bilan birga urushda ishtirok etish haqida qaror qabul qilidi. Oradan to’rt yil o’tkach huddi ana shu kuni nemislar Vengriyani bosib ola boshladi.  

1949-yilning 18-marti kuni NATO tashkil topdi.

1962-yilning 18-marti kuni Fransiyaning Jazoyir qatliomi tugadi. Fransiya 1954-yili boshlagan Jazoyir qo’zg’alonini nima qilishidan qat’iy nazar to’xtatolmadi. Bu jarayonda qariyb 1.5 million jazoirlik jon berdi.  

1965-yilning 18-marti kuni odam bolasi kosmonavtika tarixida birinchi marotaba ochiq osmonga chiqdi. Sovet kosmonavti Aleksey Leonov dunyodan 2177 kilometr balandlikda, “Voskhod-2” deb nomlangan kosmik kemasidan chiqib, roppa-rosa 20 daqiqa ochiq osmonda bo’ldi. Leonov bu vaqtning 12 daqiqa-yu, 9 soniyasini piyoda yurish orqali o’tkazdi.  

1995-yilning 18-marti kuni Turk kinosining eng taniqli aktyorlaridan biri Sadri Alishik vafot etdi.

2010-yilning 18-marti kuni Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining “TRT Haber” nomidagi telekanali xizmatga tushdi

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar