Tarixda bugun 01.02.2019

Bugun milodiy hisob bilan 2019-yil fevral oyining birinchi kunidir.

1137132
Tarixda bugun 01.02.2019
  • 1979-yilning 1-fevrali kuni Eron Islom inqilobining ruhoniy lideri Oyatulloh Humayniy surgunda bo’lgan Fransiyadan Eronga qaytdi. Uzoq yillar davom etgan surgun hayotidan keyin Eronda, tantanali ravishda kutib olindi. Humayniy siyosiy fikrlari yuzasidan 1964-yili surgun qilinar ekan u birinchi yilini Turkiyaning Bursa shahrida o’tkazdi. Eronda Muhammad Riza Pahlaviy rejimini qulatib, Islom Respublikasiga asos solgan va inqilobdan keyingi barcha diniy huquqlarni qo’lida tutgan shia lider Humayniy, on yil davomida inqilobga yetakchilik ham qildi.  

 

  • 1988-1989 yil mavsumida Turkiya Birinchi ligasida urgan 39 ta goli orqali Yevropaning gol qiroliga aylangan Galatasaray jamoasi o’yinchisi Tanju Cho’lak, 1-fevral kuni Monte Carloda uyushtirilgan marosimda, “Oltin oyoq kiyim” mukofatini oldi. Tanju, oltin oyoq kiyim yutib olgan birinchi Turk fotbolchisi bo’ldi. Futbol karyerasiga Samsunning "Yolspor" jamoasida boshlagan Tanju Cho’lak, "Fenerbahçe" va "Galatasaray" formalari ostida 5 marotaba Turkiya Futbol ligasida "gol qiroli" bo’ldi. Roppa-rosa 240 ta goli orqaliTurkiyaning eng ko’p gol urgan ikkinchi futbolchisi bo’lgan Tanju Cho’lak, 31 marotaba Turk milliy jamoasida forma kiydi.

 

  • Turkiyada rock musiqasining peshqadamlaridan, Anadolu Rock turi asoschilari orasida hurmatga sazovor bo’lgan qo’shiqchi Barish Mancho 1999-yilning 1-fevrali kuni kasalxonada, yurak hurujidan vafot etdi. U bastalagan 200 dan ortiq qo’shiq, unga on ikkita oltin, bitta platina albom va bitta kasseta mukofati qozondirdi. Bu qo’shiqlarning bir bo’lagi keyinchalik arab, bulgar, niderland, nemis, fransuz, ibroniy, ingliz, yapon va yunon tillarida aytildi. U tayyorlagan teledasturlari orqali dunyoning bir necha davlatiga bordi va shuning uchun ham “Barish Chelebi” degan nom bilan yodga olindi.

 

 



Aloqador xabarlar