Yevro-2024: Bugun Niderlandiya va Angliya terma jamoalari bellashadi

Match bugun, 10 iyul kuni Turkiya vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi. Match "TRT-1"da jonli efirda namoyish etiladi.

2161601
Yevro-2024: Bugun Niderlandiya va Angliya terma jamoalari bellashadi

 

Bugun Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining ikkinchi finalisti aniqlanadi.

Yarim final uchrashuvida Niderlandiya va Angliya terma jamoalari to‘qnash kelishadi.

Chorak finalda inglizlar shveysariyaliklarni penaltilar seriyasida mag‘lub etishdi. 

Dortmunddagi "Signal Iduna Park" stadionida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvni Feliks Shvayer boshchiligidagi germaniyalik hakamlar guruhi boshqarib boradi.

Match bugun, 10 iyul kuni Turkiya vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi. Match "TRT-1"da jonli efirda namoyish etiladi.

Musobaqa g'olibi bo'lgan jamoa 14 iyul kuni Berlinda Ispaniyaga qarshi chempionat uchrashuvida maydonga tushadi.

YEVRO-2024 yarim finali
11 iyul

22:00 Niderlandiya - Angliya
Hakam: Feliks Shvayer (Germaniya)
"Signal Iduna Park", Dortmund.


Tanlangan kalimalar: #Yevro-2024

Aloqador xabarlar