Ispaniya Yevro-2024ning birinchi finalisti bo'ldi

Ispaniya terma jamoasi 2024 yilgi Yevropa chempionatining birinchi yarim final uchrashuvida Fransiya terma jamoasini mag‘lub etdi.

2161264
Ispaniya Yevro-2024ning birinchi finalisti bo'ldi

 

Ispaniya YEVRO-2024ning birinchi finalisti bo'ldi.

Ispaniya terma jamoasi 2024 yilgi Yevropa chempionatining birinchi yarim final uchrashuvida Fransiya terma jamoasini mag‘lub etdi.

Raqiblar Myunxen Arenada to‘qnash keldi. Uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi, barcha gollar birinchi bo‘limda kiritildi. Dastlab fransuzlar oldinga chiqib oldi, Randal Kolo Muani gol urdi (9 daqiqa).

Keyin ispanlar Yevropa chempionatlari tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylangan Lamin Yamalning (21) sa’y-harakatlari evaziga hisobni tenglashtirdi. Dani Olmo esa (25) g‘alaba to‘pini kiritdi.

Ispanlar 2012 yildan beri ilk bor Yevro finaliga chiqdi. Fransiya esa turnir bilan xayrlashdi.

16 yoshli ispaniyalik futbolchi Lamin Yamal Fransiya darvozasiga urgan goli bilan turnir tarixidagi eng yosh futbolchi va turnir tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi.

16 yoshu 362 kunligida Fransiyada debyut qilgan Yamal 18 yoshida rekord o‘rnatgan shveytsariyalik Yoxan Vonlantenni ortda qoldirdi.


Tanlangan kalimalar: #Ispaniya , #Yevro-2024

Aloqador xabarlar