Germaniya turk tarafdorlarni nazorat ostiga oldi

Berlindagi Niderlandiya - Turkiya oyini oldidan turk tarafdorlar o‘zaro yurish uyushtirdilar.

2160092
Germaniya turk tarafdorlarni nazorat ostiga oldi
almanya'da turk taraftarlara gozalti.jpg
almanya turk taraftarlara gozalti.jpg

Kecha Germaniya poytaxti Berlinda futbol bo‘yicha 2024 - yilgi Yevropa chempionatining chorak finali bo‘lib o‘tdi. Shu doirada Niderlandiya bilan Turkiya kuch sinashdi. Ushbu musobaqa oldidan ba’zi turk futbol tarafdorlari nazorat ostiga olindi.

Berlin politsiyasi Matbuot xizmati kotibi Valeska Jakubovskiy tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Berlindagi Niderlandiya - Turkiya oyini oldidan turk tarafdorlar o‘zaro yurish uyushtirganlar. Ammo ularning bu harakatlari «siyosiy mazmunda» degan sabab bilan boshlamay turib to‘xtatilgan.

Politsiya, «Kulrang bo‘rilar» ishorasini ko‘rsatganlarni ham birma – bir nazorat ostiga olgan.

Nazorat ostiga olinganlar soni haqida esa hech qanday ma’lumot berilmadi.



Aloqador xabarlar