Germaniya IIV rahbari Demiralning harakatini tanqid qildi

Germaniya Ichki ishlar vaziri Nensi Fezer Yevropa chempionatida Avstriya terma jamoasi darvozasiga gol urganidan keyin ko‘rsatilgan ishora tufayli Turkiya milliy terma jamoasi himoyachisi Merih Demiralni keskin tanqid qildi.

2159405

Turkiya terma jamoasi 3 iyul kuni Yevropa chempionati 1/8 finalida Avstriya terma jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Demiral dublga erishdi. Ikkinchi goldan so‘ng futbolchi turk millatchilarining ishorasini ko‘rsatdi.

“Turk o‘ng qanot ekstremistlarining ramzlariga stadionlarimizda o‘rin yo‘q. Futbol bo‘yicha Yevropa chempionatidan irqchilik platformasi sifatida foydalanish mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas. Bizning huquq-tartibot idoralari Germaniyadagi turk o‘ng qanot ekstremistlarini diqqat bilan kuzatmoqda, “kulrang bo‘rilar” Konstitutsiyani himoya qilish federal idorasi (Germaniya kontrrazvedkasi) nazorati ostida”, deydi vazir.

Avvalroq Demiralning harakati bilan bog‘liq vaziyat tufayli Germaniya elchisi Turkiya TIVga chaqirtirilgani xabar qilingandi.

Tanlangan kalimalar: #Merih Demiral , #Germaniya

Aloqador xabarlar