O'zbekistonlik gimnastikachi Turkiyada oltin medalni qo‘lga kiritdi
Turkiyaning Mersin shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chellenj kubogi seriyasiga kiruvchi musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.
2032999

Turkiyaning Mersin shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chellenj kubogi seriyasiga kiruvchi musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.
Milliy Olimpiya qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, mazkur turnirda ishtirok etgan hamyurtimiz, tajribali sport gimnastikachi Oksana Chusovitina oltin medalni qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz ayollar o‘rtasidagi tayanib sakrash dasturida barcha raqibalarini ortda qoldirdi.
Oksana Chusovitina o‘zining sevimli dasturida 13.067 ball jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar mos ravishda turkiyalik Bengisi Yildiz va Cheren Binerga nasib etdi.