Dunay daryosidan O‘rxun vodiysiga yo‘l olgan “Ipak yo‘li” rallisi boshladi
Yevropaning 6 ta davlatidan 40 nafar poygachi ishtirokida Turkiya orqali Moʻgʻulistonga yetib boradigan Ipak yoʻli rallisi doirasida 19 - avgust kuni Germaniya, Avstriya va Italiyadan yoʻlga chiqqan musobaqachilar, 20 - avgust kuni Vengriyada uchrashdi.
Dunyoning yetakchi avtomobil rallilaridan biri boʻlgan Yevropa-Orient /Sharq-Gʻarb doʻstlik rallisining yangi bosqichi, “Ipak yo‘li rallisi” (Silk Road Rlley) boshlandi.
Yevropaning 6 ta davlatidan 40 nafar poygachi ishtirokida Turkiya orqali Moʻgʻulistonga yetib boradigan Ipak yoʻli rallisi doirasida 19 - avgust kuni Germaniya, Avstriya va Italiyadan yoʻlga chiqqan musobaqachilar, 20 - avgust kuni Vengriyada uchrashdi.
16 - sentabrdan e’tiboran 11 ming kilometr masofani bosib o‘tadigan ralli Serbiya, Bolgariya, Turkiya, Eron, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Xitoydan o‘tib, Mo‘g‘ulistonda yakunlanadi.
Sharq - g‘arb do‘stlik va tinchlik rallisi jamiyati rahbari Nodir Serin, Ipak yo‘li rallisi tayyorgarliklari doirasida Yevropa parlamentiga tashrif buyurib, unda bergan bayonotida, rallining muhim maqsadlaridan biri Turkiyani tanitish ekanini qayd etgandi.
Serin o‘z so‘zida:
“Ushbu rallini Turkiyani tanitish doirasida uyushtirmoqdamiz. Musobaqachilarning deyarli barchasi xorijliklardan iborat. Bu yil 6 davlat nomidan qatnashadilar. 20 ta avtomobil va 40 kishi bilan yo‘lga chiqamiz”. – deya gapirdi.
“Ishtirokchilar, Turkiyada ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik tufayli o‘z mamlakatlariga qaytgach, bizning ko‘ngilli elchilarimizga aylanadilar”. - degan Serin, sharq va g‘arb tsivilizatsiyalari o‘rtasida ko‘prik qurish ayniqsa Yevropa qit’asida urush davom etayotgan bir davrda alohida o‘ringa ega ekaniga e’tibor qaratgandi.
Serinning ta’kidlashicha, “Ipak yo‘li rallisi” Anado‘ludan o‘tib Dunay daryosini O‘rxun vodiysiga bog‘laydi va nomi tilga olingan ralli o‘tgan yili bo‘lganidek bu yil ham transport vositalarini so‘nggi bekat o‘rin olgan mamlakatga sovg‘a qiladi.