"Fenerbahche" "Maribor"ni mag'lub etib, pley-off bosqichiga yo'l oldi
"Fenerbahche"ga g'oliblikni olib kelgan gollarni 17-daqiqada Irfan Can Kahvechi, 77-daqiqada Szymanski va 79-daqiqada Tadich kiritdi.
"Fenerbahche" "Maribor"ni mag'lub etib, pley-off bosqichiga yo'l oldi.
UEFA Yevropa Konferensiya Ligasining 3-saralash bosqichida 3-1 hisobida g'alaba qozongan "Fenerbahche", javob o'yinida Sloveniya jamoasi "Maribor"ni 3-0 hisobida mag'lub etdi va pley-off bosqichiga o'tdi.
Ljudski Vrt stadionida bo'lib o'tgan uchrashuvni portugaliyalik hakam Fabiu Verissimo boshqarib bordi.
Istanbulning Kadiko'y dahasida o'tkazilgan dastlabki o'yinda "Fenerbahche" jamoasi raqibini 3-1 hisobida mag'lub etib, o'z nomini pley-off bosqichiga yozdirdi.
"Fenerbahche" UEFA Yevropa konferensiya ligasi pley-off bosqichida Gollandiyaning “Tvente” jamoasi bilan bellashadi.
Uchrashuvning ilk o'yini 24 avgust payshanba kuni Kadiko'yda bo'lib o'tadi.
"Fenerbahche"ga g'oliblikni olib kelgan gollarni 17-daqiqada Irfan Can Kahvechi, 77-daqiqada Szymanski va 79-daqiqada Tadich kiritdi.
32-daqiqada Arnel Yakupovichning penaltini Irfan Jan Egribayat qaytardi.