"Fenerbahche" jamoasi "Sivasspor" bilan bellashadi
"Ulker" stadionida bo'lib o'tadigan o'yin Turkiya vaqti bilan 20:30da boshlanadi. Futbol musobaqasini hakam Volkan Bayarslan boshqaradi.

"Fenerbahche" jamoasining mehmoni "Demir Grup Sivasspor"...
"Fenerbahche" bugun Ziraat Turkiya kubogi yarim final uchrashuvida "Demir Grup Sivasspor" bilan bellashadi.
Yarim finalning birinchi uchrashuvi golsiz yakunlangandi.
"Ulker" stadionida bo'lib o'tadigan o'yin Turkiya vaqti bilan 20:30da boshlanadi.
Futbol musobaqasini hakam Volkan Bayarslan boshqaradi.
"Fenerbahche" kubokda mos ravishda "Istanbulspor", "Chaykur Rizespor" va "Kayserispor"ni mag'lub etib, yarim finalga yo'llanma olgandi.
Durang bo'lsa, musobaqada har biri 15 daqiqadan 2 ta qo'shimcha taym o'ynaladi, bunda g'olib finalga yo'l oladi.
Agar qo'shimcha vaqtda durang buzilmasa, finalist penaltilar seriyasi natijasida aniqlanadi.
Aloqador xabarlar

Mert Shishmanlar bronza medaliga sazovor boʻldi
Turk sportchisi Mert Shishmanlar bronza medaliga sazovor boʻldi.

Voleybol boʻyicha oʻtkazilgan musobaqada Turkiya Daniyani magʻlub qildi
Voleybol boʻyicha erkaklar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada Turkiya Daniyani magʻlub qildi