Angliya terma jamoasi Italiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi

2024-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichi “C” guruhida Angliya terma jamoasi safarda Italiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi va dastlabki o‘yindayoq uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

1964387
Angliya terma jamoasi Italiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi

 

Angliya Italiyadan 3 ochko bilan qaytdi.

2024-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichi “C” guruhida Angliya terma jamoasi safarda Italiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi va dastlabki o‘yindayoq uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Italiya Diego Armando Maradona stadionida Angliyani qabul qildi.

Mehmonlar jamoasining gollariga 13-daqiqada Deklan Rays, 44-daqiqada esa Xarri Keyn penaltidan mualliflik qildi.

Mezbonlarning goli 56-daqiqada Mateo Retegi tomonidan kiritildi.

Uchrashuvning 80-daqiqasida ikkinchi sariq kartochkasini ko'rgan Lyuk Shou jamoani 10 nafar futbolchi bilan tark etdi.

Bu natijadan so‘ng Angliya 2024-yilgi Yevropa chempionati saralashi “S” guruhidagi ilk o‘yindayoq 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Keyn Ueyn Runi ortda qoldirib, 54 ta gol urgan Angliya terma jamoasining eng yaxshi to'purari bo'ldi.


Tanlangan kalimalar: #Yevropa chempionati , #Italiya , #Angliya

Aloqador xabarlar