"VakifBank" jamoasi bugun Milanda raqibi bilan bellashadi

VakıfBank, Eczajibashi Dynavit va Fenerbahche Opet CEV Chempionlar Ligasi chorak finalida raqiblari bilan to'qnash keladi.

1962564
"VakifBank" jamoasi bugun Milanda raqibi bilan bellashadi

 

Yevropa imtihonida voleybolda 4 turk jamoasi...

VakıfBank, Eczajibashi Dynavit va Fenerbahche Opet CEV Chempionlar Ligasi chorak finalida raqiblari bilan to'qnash keladi.

Istanbulda Italiya vakili Vero Volley bilan birinchi o'yinda 3-0 hisobida g'alaba qozongan VakifBank, bugun soat 22.00da Milanda raqibi bilan to'qnash keladi.

Chorak finalning ilk o'yinida Developresni mehmonda 3-1 hisobida mag'lub etgan Eczajibashi Dynavit, 23-mart payshanba kuni soat 19.00da Istanbulda Polsha vakilini qabul qiladi.

Istanbulda Carraro Imoco Coneglianoni 3-0 hisobida mag'lub etib, tur ustunligini qo'lga kiritgan Fenerbahche Opet, 23-mart payshanba kuni Italiyada Turkiya soati bilan 22.30da javob o'yinida maydonga tushadi.

Voleybol Ayollar CEV Kubogida Turkiyani vakil qilgan Turk Havo Yo'llari yarim final javob uchrashuvida Italiya vakili Savino Del Beneni qabul qiladi.

Ertaga Istanbulda o'tkaziladigan o'yin soat 19.00da boshlanadi.

Turk Havo Yo'llari safarda o'tkazgan ilk uchrashuvida raqibiga 3-0 hisobida mag'lub bo'ldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Yevropa imtihonida , #4 turk jamoasi

Aloqador xabarlar