O'zbekistonlik tennischi Maksim Shin Turkiya turniri g‘olibi bo'ldi

Turkiyaning Antaliya shahri mezbonligida o‘tgan ITF tasnifiga kiruvchi turnirda o'zbek tennischi Maksim Shin ishtirok etdi.

1934719
O'zbekistonlik tennischi Maksim Shin Turkiya turniri g‘olibi bo'ldi

 

O'zbekiston tennischilari yilning ilk oyidagi xalqaro musobaqalarda munosib natijalarga erishmoqda.

O‘tgan haftaning so‘nggi kunlarida o'zbek yosh tennischilar Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston va Qatar davlatlarida o‘tkazilgan xalqaro musobaqalarda munosib natijaga erishgan bo‘lsa, ularning zafarli yurishini Turkiyaning Antaliya shahri mezbonligida o‘tgan ITF tasnifiga kiruvchi turnirda o'zbek tennischi Maksim Shin davom ettirdi. 

Maksim Shin va rossiyalik Aleksandr Lobanov juftligi Antaliya kortlaridagi xalqaro turnirning final bahsida germaniyalik Tom Gents  hamda Adrian Oetbach tandemini 6/3, 6/4 hisobida dog‘da qoldirdi va g‘oliblikni tantana qildi.

Bu haqda O‘zbekiston tennis federatsiyasi xabar berdi.  


Tanlangan kalimalar: #Maksim Shin

Aloqador xabarlar