Qatar: Bugun Argentina va Xorvatiya terma jamoalari bellashadi
Qatar poytaxti Dohadagi Lusail stadionida bo'lib o'tadigan uchrashuv Turkiya vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi. Uchrashuvni italiyalik hakam Daniele Orsato boshqaradi.
Bugun futbol bo‘yicha 2022 yilgi jahon chempionatining birinchi yarim final o‘yinida Argentina va Xorvatiya terma jamoalari to‘qnash kelishadi.
Qatar poytaxti Dohadagi Lusail stadionida bo'lib o'tadigan uchrashuv Turkiya vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi. Uchrashuvni italiyalik hakam Daniele Orsato boshqaradi.
Match TRT 1, TRT 4K, TRT tomosha va trtspor.com.tr kanallarida jonli efirda namoyish etiladi.
Ushbu turdan o'tgan jamoa Marokash - Fransiya uchrashuvi g'olibi bilan final uchun kurash olib boradi.
Bu ikki jamoa jahon chempionatida uchinchi marta to‘qnash kelishadi.
Eslatma: 1998 yilgi jahon chempionatida o'tkazilgan guruh o'yinida Argentina Pinedaning goli evaziga raqibini 1:0 hisobida mag'lub etgandi.
Rossiya mezbonlik qilgan Jahon chempionati-2018da Xorvatiya Argentinani Rebich, Modrich va Rakitichning gollari evaziga 3:0 hisobida mag'lub etgandi.
Aloqador xabarlar

Mert Shishmanlar bronza medaliga sazovor boʻldi
Turk sportchisi Mert Shishmanlar bronza medaliga sazovor boʻldi.

Voleybol boʻyicha oʻtkazilgan musobaqada Turkiya Daniyani magʻlub qildi
Voleybol boʻyicha erkaklar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada Turkiya Daniyani magʻlub qildi