O'zbek qilichbozlari jahon kubogi bosqichida g‘olib bo‘ldi

O'zbekiston poytaxti Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha o‘smir qizlar o‘rtasida jahon kubogi bosqichi musobaqalari bo'lib o'tdi.

1912530
O'zbek qilichbozlari jahon kubogi bosqichida g‘olib bo‘ldi

 

O'zbekiston poytaxti Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha o‘smir qizlar o‘rtasida jahon kubogi bosqichi musobaqalari bo'lib o'tdi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari hamda Birlashgan Arab Amirliklari, Avstraliya, Gruziya, Mo‘g‘uliston, Ruminiya, Turkiya, Ukraina, Qozog‘iston va Qirg‘iziston sportchilari qatnashgan nufuzli musobaqaning so‘nggi kunida jamoaviy yo‘nalishlarda sovrindorlar aniqlandi.  

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shpaga hamda sablya yo‘nalishlarida o‘tgan bellashuvlarda o'zbek sportchilar munosib natijalarga erishdi.  

Shpaga yo‘nalishining finalida Qozog‘istonni, sablya musobaqasida oltin medallar uchun kurashda Turkiya vakillarini mag‘lub etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari umumjamoada 1-o‘rinni egalladi.  

Shpagada 2- va 3-o‘rinlar Qozog‘iston va Qirg‘iziston jamoalariga nasib etgan bo‘lsa, sablya yo‘nalishida kumush va bronza medallari Turkiya hamda Ruminiya sportchilariga tegishli bo‘ldi.  


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar