Galatasaroy Ziraat Turkiya kubogining 5-saralash bosqichiga chiqdi

Sariq-qizil jamoa kubokning 4-saralash bosqichida TFF 3-liga jamoalaridan biri bo’lgan  Yeshilyurt D.Ch Ofsporni qabul qildi.

1904260
Galatasaroy Ziraat Turkiya kubogining 5-saralash bosqichiga chiqdi

 

Galatasaroy Ziraat Turkiya kubogining 5-saralash bosqichiga chiqdi.

Sariq-qizil jamoa kubokning 4-saralash bosqichida TFF 3-liga jamoalaridan biri bo’lgan  Yeshilyurt D.Ch Ofsporni qabul qildi.

18-daqiqada Mirash Turkyılmazning goli bilan 1-0 ortga qaytgan Galatasaroy, 37-daqiqada Haris Seferovich va 79-daqiqada Berkan Kutlu bilan javob qaytardi.

Uchrashuvda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan sariq-qizil jamoa kubokning 5-bosqichida o‘z nomini qayd etdi.

Mavsum boshida "Galatasaroy" tomonidan tarkibga kiritilgan Haris Seferovich Ziraat Turkiya kubogidagi rasmiy uchrashuvlarda ikkinchi golini urdi.

Jamoasining ilk golini Yeshilyurt D.Ch Ofspor darvozasiga kiritgan Seferovich kubokning 3-bosqichida GMG Kastamonuspor o'yinida ham raqib darvozasini bir marta ishg'ol qildi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar