BAAdagi xalqaro shaxmat festivalida o‘zbekistonliklar g‘olib bo‘lishdi

Xalqaro grossmeyster Nilufar Yakubboyeva 31 ta davlatdan kelgan 148 nafar shaxmatchi-qiz orasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

1875276
BAAdagi xalqaro shaxmat festivalida o‘zbekistonliklar g‘olib bo‘lishdi

 

Abu-Dabi (BAA)dagi "28th Abu Dabi International Chess Festival" xalqaro festivalida o'zbekistonlik shaxmatchilar muvaffaqiyat qozonishdi.

Xalqaro grossmeyster Nilufar Yakubboyeva 31 ta davlatdan kelgan 148 nafar shaxmatchi-qiz orasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

"Ayol-qizlarimizni e’zozlasak, munosib qo‘llab-quvvatlasak, ular dunyoni zabt etish salohiyatiga egalar", — deb yozdi Yoshlar ishlari agentligi direktori Sa’dullayev.

Abu-Dabidagi xalqaro shaxmat festivalida yuz bergan yana bir quvonchli voqea 10 yoshli o'zbek shaxmatchi Abdumajid Botiraliyev o‘z yosh toifasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgani bo‘ldi.


Tanlangan kalimalar: #Nilufar Yakubboyeva , #O'zbekiston , #BAA

Aloqador xabarlar