Turkiya milliy kurashchilaridan 134 ta medal...

Jahon va Yevropa chempionatlari hamda Islom birdamlik o‘yinlari va O‘rta yer dengizi o‘yinlarida qatnashgan Turkiya milliy kurashchilari 31 oltin, 31 kumush va 72 bronza bo'lib, jami 134ta medal bilan qaytdi.

1871416

Barcha yosh toifalari (15, 17, 20 va 23 yoshgacha) bo‘yicha gilamga chiqqan sportchilar Yevropa chempionatlarida 87 ta medal, 20 ta oltin, 19 ta kumush va 48 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Vengriya poytaxti Budapeshtda bo'lib o'tgan kattalar o'rtasidagi Yevropa chempionatida milliy sportchilar 7 oltin, 3 kumush va 7 bronza bilan medal rekordini yangiladi.

Ayollar terma jamoasi Yevropada birinchi, yunon-rum va erkin terma jamoalar esa Yevropada ikkinchi bo‘ldi.

O‘rta Yer dengizi o‘yinlarida 7 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan Turkiya kurashchilar milliy terma jamoasi Konyada o‘tkazilgan Islom birdamlik o‘yinlarida 2 ta oltin, 5 ta kumush va 12 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

17 yoshgacha va 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida milliy kurashchilar 2 ta oltin, 2 ta kumush va 10 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Kurash bo'yicha terma jamoa 10-18 sentyabr kunlari Serbiyada bo'lib o'tadigan kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi.

Tanlangan kalimalar: #kurash , #Turkiya

Aloqador xabarlar