Konya-2021: O'zbekistonlik velosportchi Olga Zabelinskaya oltin medal sohibi bo'ldi

Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamlik o‘yinlari qizg'in davom etmoqda.

1868502
Konya-2021: O'zbekistonlik velosportchi Olga Zabelinskaya oltin medal sohibi bo'ldi

 

Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamlik o‘yinlari qizg'in davom etmoqda.

V Islom birdamlik o‘yinlarida O'zbekiston sharafini himoya qilgan velosportchi Olga Zabelinskaya shohsupa to‘riga ko‘tarildi.

Velosportning shosse turi bo‘yicha 91 km. masofadagi guruh poygasida Olga Zabelinskaya marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi va oltin medalga sazovor bo'ldi.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishda Margarita Misyurina finishga ikkinchi bo‘lib keldi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa o'zbekistonlik velopoygachilar O'zbekiston terma jamoasi hisobiga navbatdagi oltin va kumush medallarni qo‘shib qo‘ydi.



Aloqador xabarlar