Konya-2021: O'zbekiston Turkiyadan keyin 2-o‘rinda bormoqda
15 avgust kungi bahslar yakuniga ko‘ra, O'zbekiston sportchilari qo‘lga kiritgan oltinlar medallar 40 ta, kumush medallar 28 ta hamda bronza medallar 44 ta bo'lib, jami medallar soni 112 tani tashkil qilmoqda.
Turkiyaning Konya shahrida davom etayotgan V Islom birdamlik o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari medallar jamg‘arishda Turkiyadan keyin 2-o‘ringa ko‘tarildi.
15 avgust kungi bahslar yakuniga ko‘ra, O'zbekiston sportchilari qo‘lga kiritgan oltinlar medallar 40 ta, kumush medallar 28 ta hamda bronza medallar 44 ta bo'lib, jami medallar soni 112 tani tashkil qilmoqda.
Medallar jamg‘arishda O‘zbekiston sportchilaridan keyingi 3-o‘ringa tushgan eronliklar hozircha 37-31-42, jami 110 ta medalga ega bo‘lib turibdi.
Umuman olganda, Konyada kechayotgan o‘yinlar terma jamoalar va sportchilar uchun, murabbiy va mutaxassislar uchun yana ikki yildan keyin o‘tadigan Parij-2024 o‘yinlari oldidan o‘ziga xos imtihon bo‘ldi.
15 avgust kuni Islom birdamligi o‘yinlari dasturiga binoan dzyudo, kikboksing, suzish, qilichbozlik, kamondan otish, basketbol 3x3, stenddan otish sport turlari bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tdi. Sovrinli o‘rinlar uchun shiddatli kurashlar kechmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etayotgan 56 ta mamlakatdan hozirgacha 40 tasi turli darajadagi sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.