Konya shahrida Islom birdamligi o‘yinlari davom etmoqda

Bugun, 9 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov Konyadagi atletlar shaharchasida sportchilar, murabbiylar, mutaxassislar bilan suhbat o‘tkazdi.

1865568
Konya shahrida Islom birdamligi o‘yinlari davom etmoqda

 

Turkiyaning Konya shahrida Islom birdamligi o‘yinlari davom etmoqda.

Bir qator sport turlarida shiddatli bellashuvlar davom etayotgan bo‘lsa, ayrim sport turlaridagi bahslar o‘z navbatini kutib turibdi.

Bugun, 9 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov Konyadagi atletlar shaharchasida sportchilar, murabbiylar, mutaxassislar bilan suhbat o‘tkazdi.

Muloqot davomida o‘tkazilayotgan bellashuvlarda erishilayotgan natijalar, jamoalarning, sportchilarning texnik-taktik tayyorgarligi, ruhiy holati, yaratilayotgan shart-sharoitlar, musobaqalar oldi mashg‘ulotlar, har bir jamoaning kun tartibi kabi qator masalalar muhokama qilindi. 

Suhbatlar davomida Konya-2021 o‘yinlarining kechagi bahslarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan bir guruh sportchilarga sovg‘alar taqdim etildi.


Tanlangan kalimalar: #Islom birdamligi o‘yinlari , #Konya

Aloqador xabarlar