Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi o‘yinlari boshlandi

O'zbekistonlik velosportchilar V Islom birdamligi o‘yinlaridagi ilk medalni qo'lga kiritishdi.

1864193
Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi o‘yinlari boshlandi

 

Bugun, 5 avgust kuni Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi o‘yinlari boshlandi.

Bugungi dasturda velosportchilar trek dasturida ilk medallar uchun bahs olib bordi.

Trek dasturida bahs olib borgan o'zbekistonlik velosportchilar V Islom birdamligi o‘yinlaridagi ilk medalni qo'lga kiritdi.

Ayollar o‘rtasida skretch bo‘yicha guruh poygasida ishtirok etgan Sofiya Karimova bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Ushbu dasturda ishtirok etgan yana bir o'zbek sportchi Nafosat Qo‘ziyeva esa o‘ninchi bo‘lib marraga yetib keldi.

Ma’lumot uchun, V Islom birdamligi o‘yinlarida dunyoning 57 ta mamlakatidan sportchilarning ishtirok etishi kutilmoqda. O‘yinlar Turkiyaning Konya shahridagi 8 ta inshootda o‘tkaziladi, – deyiladi Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabarida.



Aloqador xabarlar