Yevropa Universiada o‘yinlarida turk sportchilar 47ta medalni qo‘lga kiritdi
Polshaning Lodz shahrida o‘tkazilgan Yevropa Universiada o‘yinlarida turkiyalik yosh sportchilar 22ta oltin, 19ta kumush va 6ta bronzadan iborat jami 47ta medalni qo‘lga kiritib, rekord o‘rnatdi.

Polshaning Lodz shahrida o‘tkazilgan Yevropa Universiada o‘yinlarida turkiyalik yosh sportchilar 22ta oltin, 19ta kumush va 6ta bronzadan iborat jami 47ta medalni qo‘lga kiritib, rekord o‘rnatdi.
Turkiyadagi "Yeditepe" universiteti Yevropa Universitet sportlari uyushmasi (EUSA) tomonidan uyushtirilgan Yevropa Universiada o‘yinlarida birinchilikni qo'lga kiritdi.
Yevropa Universiada oʻyinlarida jami 228 ta universitet ishtirok etdi. Unda 15ta kategoriyada bellashgan Turkiya jami 47 ta medal, jumladan, 22 ta oltin, 19 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Universitet reytingi:
1- Yeditepe universiteti
2- Lion universiteti
3- Lodz texnologiya universiteti
Mamlakatlar reytingi:
1 - Polsha
2- Turkiya
3 - Ukraina
Aloqador xabarlar

Islom birdamligi sport federatsiyasining 11-Bosh Assambleyasi o‘tkazildi
Anjumanda O‘zbekiston nomidan Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov ishtirok etdi.