Yevropa chempionati musobaqalarida Turkiya jamoasi g'alabaga erishdi

Bosniya va Gersegovina poytaxti Sarayevoda nogironlar aravachasidagi basketbol bo‘yicha Yevropa B liga chempionati musobaqalari davom etmoqda.

1846174

14 davlat ishtirok etgan chempionatning yarim finalida Turkiya milliy terma jamoasi Litva jamoasi bilan to‘qnashdi.

Ustun mahorati bilan e'tiborni tortgan Turkiya jamoasi g'alabaga erishdi.

Raqibini 93 - 39 hisobida mag‘lub etgan terma jamoa finalga yo‘l oldi.

Turkiya Milliy sportchilaridan Enes Bulut 23 ochko bilan maydon to‘purari bo‘ldi.

Turkiya terma jamoasi yarim finalda mezbon Bosniya va Gersegovinani mag‘lub etgan Latviya terma jamoasiga qarshi final uchun kurash olib boradi.

Turkiya - Latviya final uchrashuvi ertaga Turkiya vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya

Aloqador xabarlar