Antaliyada kamondan otish bo‘yicha Jahon kubogining birinchi bosqichi yakunlandi

Musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoasi vakili, jahon reytingida 73-pog‘onani egallab kelayotgan Amirxon Sodiqov to‘qqizinchi pog‘onadan joy oldi.

1819553
Antaliyada kamondan otish bo‘yicha Jahon kubogining birinchi bosqichi yakunlandi

 

Turkiyaning Antaliya shahrida kamondan otish bo‘yicha Jahon kubogining birinchi bosqichi yakunlandi.

Ushbu musobaqalarda o'zbekistonlik sportchilar ham faol ishtirok etmoqda.

100 nafardan ortiq sportchi g‘oliblik uchun kurash olib borgan erkaklar o‘rtasidagi bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Chen Yao Yuy xalqaro toifadagi sport ustasi talabini bajardi. 

Terma jamoaning yana bir vakili, jahon reytingida 73-pog‘onani egallab kelayotgan Amirxon Sodiqov esa to‘qqizinchi pog‘onadan joy oldi. Musobaqaning ayollar o‘rtasidagi bahslarida Ziyodaxon Abdusattorova 88 nafar sportchi orasida 33-natijani qayd etdi. 

Antaliya bahslarining yakuniy hisobotiga ko‘ra, umumjamoa hisobida erkaklar o‘rtasida Xitoy Taypeyi, Italiya, Niderlandiya vakillari, ayollar o‘rtasida Angliya, Germaniya, Xitoy Taypeyi, aralash jamoalar bellashuvida bo‘lsa, Hindiston birinchi o‘rinni egalladi. Angliya va AQSH vakillari esa keyingi qatorlardan joy olishdi. 

Eslatib o‘tamiz, kamondan otish bo‘yicha Jahon kubogi 4 bosqichdan iborat bo‘lib, ikkinchi bosqich joriy yilning 16-22 may kunlari Xitoyning Shanxay, uchinchi bosqich 20-26 iyunda Fransiyaning Parij, yakuniy bosqich 18-24 iyul oralig‘ida Kolumbiyaning Medelin shahrida o‘tkazilishi belgilangan. 

Kamondan otish bo‘yicha Jahon kubogining final bahslari esa 15-16 oktyabrda Meksikaning Tlashkala shtatida bo‘lib o‘tadi. 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Antaliya

Aloqador xabarlar