"Galatasaray" jamoasi "Dinamo Kiyev"ga 3-1 hisobida mag'lub bo'ldi

Turkiyaning Galatasaray va Ukrainaning Dinamo Kiyev jamoalari Ukrainadagi urushda jabrlangan bolalarga yordam berish maqsadida maxsus match tashkil etdi.

1812835

Istanbuldagi Nef stadionida "Tinchlik uchun match" shiori bilan o'tkazilgan matchda Ukraina jamoasi 3-1 hisobida g'alaba qozondi.

Matchda Dinamo Kiyevning gollari 14-daqiqada Buyalski, 28-daqiqada Besedin va 80-daqiqada Tsygankov tomonidan kiritilgan boʻlsa, 56-daqiqada “Galatasaray”ning go'li esa, Barish Alper Yilmaz tomonidan urildi.

Matchni ukrainalik futbol muxlislari ham kuzatib bordi. Match oldidan stadionda Ukrainadagi urushda halok bo'lganlar uchun bir daqiqalik sukut saqlandi.

Kiyevning “Dinamo” jamoasi futbolchilari uchrashuv oldidan marosimga Ukraina bayrog'i bilan chiqishdi.

Matchdan so'ng muxlislar tribunaga tashrif buyurgan har ikki jamoa futbolchilarini olqishlashdi.

Ushbu match uchun 6 ming 726 ta chipta sotilgani malum qilindi.

Tanlangan kalimalar: #Dinamo Kiyev , #Galatasaray

Aloqador xabarlar