“Manchester Siti” “Sporting Lissabon” jamoasini 5:0 hisobida mag‘lub etdi
Gvardiola bosh murabbiyligidagi “Manchester Siti”ga g‘alaba keltirgan gollarni 7-daqiqada Riyod Mahrez, 17 va 44-daqiqada Bernardu Silva, 32-daqiqada Fil Foden va 58-daqiqada Rahim Sterling kiritdi.
UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finalining ilk o‘yinida “Manchester Siti” jamoasi Portugaliyaning “Sporting Lissabon” jamoasini 5:0 hisobida mag‘lub etib, chorak final yo‘llanmasi uchun katta ustunlikka erishdi.
“Xose Alvalade” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Manchester Siti” “Sporting Lissabon” jamoasini go'l yomg'iriga uchratdi.
Raqibini 5:0 hisobida katta ustunlik bilan mag'lub etgan Britaniya jamoasi chorak finalga yo'llanma oldi.
Gvardiola bosh murabbiyligidagi “Manchester Siti”ga g‘alaba keltirgan gollarni 7-daqiqada Riyod Mahrez, 17 va 44-daqiqada Bernardu Silva, 32-daqiqada Fil Foden va 58-daqiqada Rahim Sterling kiritdi.
Ayni vaqtda "Manchester Siti" Chempionlar ligasi saralash bosqichida birinchi bo‘limni 4 ta gol farqi bilan yakunlagan birinchi jamoa bo‘ldi.