VakıfBank jamoasi to‘rtinchi marotaba chempion bo‘ldi
VakıfBank (VakifBank) jamoasi Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB) huzurida ayollar o‘rtasida uyushtirilgan musobaqa finalida Italiyaning Imoco Conegliano jamoasini 3-2 hisobiga mag‘lub qilib, to‘rtinchi marotaba chempion bo‘ldi.






VakıfBank (VakifBank) jamoasi Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB) huzurida ayollar o‘rtasida uyushtirilgan musobaqa finalida Italiyaning Imoco Conegliano jamoasini 3-2 hisobiga mag‘lub qilib, to‘rtinchi marotaba chempion bo‘ldi.
Finalda birinchi set o‘zaro ochkolar bilan boshlandi.
Himoyada xatoga yo‘l qo‘ymagan va 12-8 hisobidan keyin Isabelle Haak orqali hujumda muvaffaqiyatga erishgan VakıfBank, 8 ochko bilan oldinga chiqib hisobni, 20-12 ko‘rinishiga keltirdi.
Zehra Guneshning blok qo‘yishi orqali o‘rtadagi farqning yopilishiga ruxsat bermagan jamoa, setni 25-15 hisobi bilan 1-0 oldinda tamomladi.
Ikkinchi setni yaxshi boshlagan tomon Imoco Conbegliano edi.
Egonu erishgan muvaffaqiyat orqali o‘z hisobini ko‘targan Imoco, texnik tanaffusga 12-9 hisobida ustun kirdi.
Ogbogu va Isabelle Haak erishgan muvaffaqiyat bilan esa VakifBank jamoasi raqami ustunlik qayd etar ekan, Egonu ochkolariga to‘sqinlik qila olmagach, setni 25-22 hisobida mag‘lubiyat bilan tamomladi va natija 1-1 durang bilan yakun topdi.
Bahsli boshlagan uchunchi setda takror Egonu orqali yutuqqa erishgan Imocoga Haak bilan javob bergan VakıfBank texnik tanaffusga 12-11 hisobidagi ustunlik bilan kirdi.
O‘zaro ochkolar bilan davom etgan setda xatoga kam yo‘l qo‘ygan VakıfBank jamoasi, setni 25-22 olaroq 2-1 hisobiga olib chiqdi.
To‘rtinchi setda Egonu hisobni ko‘tarishni davom etar ekan, VakıfBank Haak va Gabiga qarshilik berdi. Natijada, 14-14 durang natija ortidan Plummer bilan gol urgan Italiya jamoasi 17-15 hisobida oldinga chiqib oldi.
VaqifBank raqibiga yaqinlashishiga qaramay Imoco Conegliano setni 25:22 ga yutdi va 2:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Qaror setini yaxshi boshlagan VakıfBank, hujum va himoyada xato qilmadi.
Setni 15-7, musobaqani esa 3-2 hisobida tamomlagan jamoa, shu bilan to‘rtinchi maroataba chempion bo‘ldi.