Turkiya nogironlar-amputantlar terma jamoasi Yevropa chempionati finalida gʻoliblikka ersihdi

Futbol boʻyicha Turkiya nogironlar-amputantlar terma jamoasi Yevropa chempionati finalida Ispaniyani 6-0 hisobiga yengdi.

1708087
Turkiya nogironlar-amputantlar terma jamoasi Yevropa chempionati finalida gʻoliblikka ersihdi

Futbol boʻyicha Turkiya nogironlar-amputantlar terma jamoasi Yevropa chempionati finalida Ispaniyani 6-0 hisobiga yengib, ketma-ket ikkinchi marotaba chempion boʻldi.

Oy-yulduzli sportchilarimiz Polshaning Krakov shahrida boʻlib oʻtgan musobaqani yaxshi boshladi.

Turkiya oltinchi daqiqada Oʻmer Guleryuz orqali 1-0 hisobini qoʻlga kiritdi.

Guleryuz oʻninchi daqiqada hisobni 2-0 deb qayd etdi.

Yigirma birinchi daqiqada Kemal Gulesh goli orqali hisobni 3-0 ga chiqargan oy-yulduzli jamoa, Rahmi Oʻzjan muvaffaqiyati orqali hisobni 4-0 ga aylantirdi va birinchi yarimni oldinda tamomladi.

Ikkinchi yarimni ham gol bilan boshlagan milliy terma jamoa, Oʻmer Guleryuzning yigirma oltinchi daqiqadagi “hat-trick”i orqali farqni 5ga chiqardi.

Kemal Guleshning qirq ikkinchi daqiqadagi goli musobaqaning shakliga aniqlik kiritdi va Turkiya Ispaniyani 6-0 hisobiga yengib, oʻz nomini yuqori choʻqqilarda qayd ettirdi.

Istanbulda uyushtirilgan 2017 Yevropa chempionatida kupani qoʻlga kiritgan milliy terma jamoasi, bu baxtni ketma-ket ikkinchi marotaba muyassar boʻldi.

Raqibi darvozasiga 11 marotaba gol kiritgan va gol qiroliga aylangan Oʻmer Guleryuz, ayni vaqtda eng yaxshi futbolchi deb tanlandi.

 

 



Aloqador xabarlar