Eda Erdem Dundar 2021 yilgi voleybol bo'yicha eng yaxshi sportchi qatoridan joy oldi
Ayollar milliy terma jamoasi va "Fenerbahche" sardori Eda Erdem Dundar 2021 yilgi voleybol bo'yicha Yevropa chempionatining eng yaxshi volebolchi qatoridan joy oldi.
Ayollar milliy terma jamoasi va "Fenerbahche" sardori Eda Erdem Dundar 2021 yilgi voleybol bo'yicha Yevropa chempionatining eng yaxshi volebolchi qatoridan joy oldi.
Yevropa voleybol konfederatsiyasi (CEV) tomonidan turnir pozitsiyalarida eng yaxshi o'yinchilarni aniqlash uchun ochilgan so'rovnoma yakunlandi.
Eng yaxshi o'rta o'yinchi toifasida Serbiyalik Milena Rasich, Italiyalik Kristina Chirichella va Gollandiyalik Juliet Lohuisni ortda qoldirib, 54,6 foiz ovoz to'plagan Eda Erdem Dundar turnirning orzu jamoasiga kiritildi.
So'nggi to'rtta Yevropa chempionatida ushbu toifadagi eng yaxshi o'yinchi unvonini qo'lga kiritgan Eda bunga erishgan birinchi sportchi bo'ldi.
Milliy terma jamoa uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda Gollandiyani 3: 0 hisobida mag'lub etib, bronza medalini qo'lga kiritgan edi.