Turk futbolchi Burak Yilmaz nomi Fransiya ko‘chalarida yangradi

Jamoasining eng to‘purar a’zosi Turk futbolchi Burak Yilmaz nomi Fransiya ko‘chalarida yangradi.

1644659
Turk futbolchi Burak Yilmaz nomi Fransiya ko‘chalarida yangradi

Fransiya Oliy ligasining oxirgi haftasida milliy futbolchi Burak Yilmaz gol urgan musobaqada Anje klubini 2 - 1 ga mag‘lub qilgan Lille jamoasi, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

“Raymond Kopa” stadionida bo‘lib o‘tgan ushbu liganing oxirgi haftasidagi kurashga lider kirgan Lille, Anje klubiga mehmon bo‘ldi.

Musobaqaning o‘ninchi daqiqasida kanadalik futbolchi Jonathan Davidning goli orqali Lille jamoasi 1- 0 hisobi bilan o‘yinda oldinga chiqib oldi.

Burak Yilmaz 45 - daqiqada penaltidan urgan goli orqali hisobni 2-0 ga yetkazdi. Shu bilan birinchi bo‘lim mehmon jamoaning 2: 0 hisobidagi ustunligi bilan yakunlandi.

Anje jamoasidan Fulgini kurashning 90+2 daqiqasida gol qayd etdi. Undan boshqa gol urilmadi va Lille musobaqani 2 - 1 hisobi bilan tamomlab, g‘olibiyatni qo‘lga kiritdi.  

Ushbu natija bilan ligani 83 ochko bilan tamomlagan Lille, 10 yil ortidan takror chempionlikka erishdi va o‘z tarixining 4 - chempionligini qo‘lga kiritdi.

Ligada bu mavsum ishtirok etgan 28 musobaqada 16 gol qayd etgan Burak Yilmaz, jamoasining eng to‘purar a’zosiga aylandi.


Tanlangan kalimalar: #Burak Yilmaz , #Fransiya Oliy ligasi , #Lille , #Anje

Aloqador xabarlar