O‘zbekiston vakillari "FIA European Karting Championship 2021" musoqasida ishtirok etdi

O‘zbekiston Milliy avtomobil klubi jamoasi Belgiyada joriy yil 10-20 may kunlari karting sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan "FIA European Karting Championship 2021" xalqaro musobaqasida ishtirok etdi.

1644000

Genk shahridagi Xorensbergdam trassasida o‘tkazilgan musobaqada qirq nafardan ortiq sportchi sovrinli o‘rinlar uchun bellashdi. Turnirda mamlakatimiz vakili Ismoilxo‘ja Ahmadxo‘jayev yetakchilar safidan o‘rin oldi. Ismoilxo‘ja endi 27-30 may kunlari Fratsiyaning One-le-Bua shahrida uyushtiriladigan navbatdagi xalqaro musobaqa bosqichida ishtirok etadi.

Taʼkidlash joizki, karting bo‘yicha "FIA European Karting Championship 2021" xalqaro musobaqasida O‘zbekiston vakillari birinchi marta qatnashdi. O'zbek sportchilarning ilk ishtiroki va mahoratiga Xalqaro karting federatsiyasi mutaxassislari yuqori baho berdi.

Aloqador xabarlar