O'zbekistonda og'ir atletika bo'yicha Jahon Chempionati o'tkaziladi

Og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Jahon Chempionati O'zbekistonda o'tkaziladi. Toshkentdagi ushbu nufuzli musobaqada jami 21 sportchi Turkiya sha'nini himoya qiladi.

1643470
O'zbekistonda og'ir atletika bo'yicha Jahon Chempionati o'tkaziladi

 

Turkiya og'ir atletika federatsiyasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Xalqaro og'ir atletika federatsiyasi (IWF) tashkiloti og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasida Jahon chempionati 23 maydan 1 iyungacha Toshkentda bo'lib o'tishi haqida ma’lumot bergan.

Chempionatda 74 mamlakatdan jami 542 sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.

Toshkentdagi ushbu nufuzli musobaqada 11 nafari ayol bo’lgan jami 21 sportchi Turkiya sha'nini himoya qiladi.

Turkiyalik ishtirokchilar kuni kecha Istanbuldan O'zbekistonga jo'nab ketdi.



Aloqador xabarlar