Polshadagi kurash bo’yicha Yevropa chempionatida Sulaymon Atli oltin medal sohibi bo'ldi

Polshada o’tkazilgan kurash bo’yicha Yevropa chempionatida erkin stilda -57 kg vazn toifasidagi bahslarda turkiyalik kurashchi Sulaymon Atli rossiyalik raqibi Nachyn Mungushni mag’lub etib, oltin medal sohibi bo’ldi.

1626079
Polshadagi kurash bo’yicha Yevropa chempionatida Sulaymon Atli oltin medal sohibi bo'ldi
Taha Akgül.jpg
Süleyman Karadeniz.jpeg

 

Polshada o’tkazilgan kurash bo’yicha Yevropa chempionatida erkin stilda -57 kg vazn toifasidagi bahslarda turkiyalik kurashchi Sulaymon Atli rossiyalik raqibi Nachyn Mungushni mag’lub etib, oltin medal sohibi bo’ldi.

Sulaymon Atli chorak finalda esa, ukrainalik raqibi Kamil Karimovni 11-0 hisobida, yarim finalda esa, turk millatiga mansub bolgariyalik raqibi Naim Salim Mikyayni 3-1 hisobiga mag’lub etgandi.

Shuningdek, chempionat bahslarida -97 kg vazn toifasida maydonga tushgan Sulaymon Qoradengiz esa, rossiyalik raqibi Zhabrailovga mag’lub bo’ldi va kumush medalni olishga muvaffaq bo’ldi.

Sulaymon Qoradengiz moldovalik raqibi Radu Lefterni (10-0), chorak finalda ozarbayjonlik raqibi Shamil Zubarovni (6-4), yarim finalda gruzin raqibi Elizbar Odikadzeni (7-5) mag’lub etib, finalga yo’llanma oldi.

Sulaymon Qoradengiz final bahslarida rossiyalik raqibi Zhabrailovga mag’lub bo’ldi va Yevropa bo’yicha ikkinchi o’rinni qo’lga kiritdi.

Bundan tashqari, chempionat bahslarida erkin kurash bo’yicha -125 kg vazn toifasida bellashgan Turkiya milliy kurashchisi Taha Akgul finalga yo’llanma oldi.

Chempionatning ikkinchi kunida maydonga tushgan Taha Akgul birinchi turdayoq raqibi jahon chempioni gruzin Geno Petriashvilini (6-1) mag’lub etdi.

Chorak finalda esa polshalik raqibi Kamil Tomas Kosciolekni (6-1) mag’lub etgan Taha Akgul yarim finalda belorus raqibi Dzianis Kharamiankou bilan bellashdi.

Shu kungacha 7 marta Yevropa chempioni bo’lgan Taha Akgul final bahslarida rossiyalik raqibi Sergey Koyrev bilan bellashadi.

Turkiya parlamenti raisi Mustafo Shento’p, Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay va Yoshlik va sport vaziri Mehmet Muharrem Kasapog’lu milliy sportchilarga muvaffaqiyatlar tiladi.



Aloqador xabarlar