O'zbekistonda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati musobaqalari bo'lib o'tdi

Osiyo chempionatida ayollar o‘rtasida -55 kg vazn toifasidagi bahslarda O’zbekiston sharafini himoya qilgan Muattar Nabiyeva ikkita yo‘nalishda medalni qo‘lga kiritdi.

1624780
O'zbekistonda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati musobaqalari bo'lib o'tdi

 

O’zbekiston poytaxti Toshkentdagi  “O‘zbekiston” sport majmuasida davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida ayollar o‘rtasida -55 kg vazn toifasidagi bahslar o‘z yakuniga yetdi.

Ushbu vazn toifasida O’zbekiston sharafini himoya qilgan Muattar Nabiyeva ikkita yo‘nalishda  medalni qo‘lga kiritdi.

Muattar Nabiyeva dast ko‘tarishda 99 kg. og‘irlikdagi toshni o‘ziga bo‘ysundirdi va bu natija unga kumush medalni taqdim etdi.  Mazkur mashqda Muattar Nabiyevani 2 kgga ortda qoldirgan Xitoy vakili sportchi Ya Jun Li oltin medal bilan taqdirlandi. Bronza medali ham Xitoy terma jamoasi aʼzosiga nasib etdi.

Siltab ko‘tarish mashqida Muattar Nabiyeva 114 kg natija qayd etdi va bu ko‘rsatkich bilan u 5-o‘rinni egalladi. Ammo, dast ko‘tarish mashqidagi muvaffaqiyatli natija ikkikurashda unga sovrindor bo‘lish imkoniyatini taqdim etdi. Ikkikurash natijasiga ko‘ra, 213 kg natija qayd etgan Muattar Nabiyeva O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.



Aloqador xabarlar