Antaliya shahrida yengil atletika bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi

17-18 aprel kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida yengil atletika bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. 11 davlat vakillari qatnashgan musobaqada O'zbekiston jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

1624024

Bu haqda O’zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Musobaqaning birinchi kunidayoq o’zbekistonlik atletlar o‘z chiqishlari bilan ko‘pchilikning diqqat-markazida turishdi. Erkaklar o‘rtasida uzunlikka sakrash bahsida dastlabki uch o‘rin yurtdoshlarimizga nasib etdi:

Javohir Noriyev – 7.43

Ivan Denisov – 7.11

Andrey Reznichenko – 7.09.

Balandlikka sakrash sektorida esa Dmitriy Melsitov 2.06 metr natija bilan g‘alaba qozondi.

Ikkinchi kun dasturida uch hatlab sakrash bahsida Ivan Denisov (15.19), ayollar o‘rtasida uzunlikka sakrash bellashuvida esa Darya Reznichenko (6.06) eng yaxshi natijani qayd etdi. Yosh nayza uloqtiruvchisi Zarina Nosirjonova 61.89 metr bilan kuchli uchlikdan joy olgan.

Yana bir qiziqarli bellashuv balandlikka sakrash yo‘nalishida kuzatildi. Unda terma jamoamizning uch yetakchisi - Safina Sa’dullayeva (1.92), Svetlana Radzivil (1.90) hamda Nadiya Dusanova (1.84) mos ravishda sovrinli o‘rinlarni egalladilar. Qayd etish joiz, Sa’dullayeva “Tokio-2020” normativini tashkil etuvchi 1.96 metr balandlikni zabt etishga urinib ko‘rdi. Biroq mazkur harakatlar omadsiz yakunlandi.

Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Antaliya , #Turkiya

Aloqador xabarlar